
O‘zbekiston poytaxti — Toshkentda o‘rnatilgan bosh yangi yil archasi dunyo poytaxtlari orasidagi eng baland archalar reytingiga kiritildi. Bu haqda shahar hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentning bosh archasi 35 metr balandlikka ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich poytaxtni dunyoning yirik va bayramona megapolislari qatoriga qo‘shdi. Archaning ko‘lami, bezagi va umumiy vizual yechimi shaharda yangi yil kayfiyatini yanada kuchaytirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo poytaxtlaridagi eng baland yangi yil archalari reytingi quyidagicha shakllangan:
1. 57 metr — Brazilia
2. 35 metr — Toshkent
3. 35 metr — Madrid
4. 33 metr — Jakarta
5. 30 metr — Buxarest, Lissabon
6. 28 metr — Vena
7. 27 metr — Varshava
8. 26 metr — Moskva, Praga
9. 25 metr — Rim, London
10. 23 metr — Budapesht
Shu tariqa, Toshkent o‘zining bayramona ramzi bilan jahon poytaxtlari darajasida munosib o‘rin egalladi. Qishki kechalarda yorug‘likka burkangan bosh archa nafaqat shahar aholisi, balki mehmonlar uchun ham bayramona muhit yaratib, poytaxtning zamonaviy qiyofasini yana bir bor namoyon etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.