date

Navoiy oltin konlarida 320 million dollarlik loyiha boshlanadi

Navoiy oltin konlarida 320 million dollarlik loyiha boshlanadi

Navoiy viloyatidagi oltin konlarida ma’dan qazib olish va qayta ishlashni kengaytirishga qaratilgan 320 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha doirasida qo‘shimcha 2 million tonna ma’dan qayta ishlanadi. Shu bilan birga, Muruntov konini o‘zlashtirishning navbatdagi bosqichi amalga oshiriladi hamda kumush konlarini rivojlantirish bo‘yicha 2 milliard 300 million dollarlik yirik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan. Natijada yillik qayta ishlash quvvati 18 million tonnaga yetkazilib, 2030 yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnagacha oshiriladi.

Shuningdek, Olmaliq kombinatida qiymati 2 milliard 700 million dollar bo‘lgan, yiliga 300 ming tonna mis katodi ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi metallurgiya majmuasini barpo etish ishlari boshlanadi. “Samarqand kimyo” zavodida esa 381 million dollar investitsiya hisobiga yiliga 370 ming tonna fosforli va 540 ming tonna murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Qashqadaryo viloyatida ham 200 million dollarlik kimyo zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu korxona orqali maishiy kimyo, polimer va sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun yiliga 50 ming tonna alkilbenzol mahsuloti olish imkoni yaratiladi.

Umuman olganda, 2026 yilda kimyo sanoatida 4,5 milliard dollarlik, tog‘-kon metallurgiya, neft-gaz, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va qurilish materiallari tarmoqlarining har birida 3 milliard dollardan, elektrotexnika sohasida 2 milliard dollarlik, farmatsevtika yo‘nalishida esa 800 million dollarlik yangi loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, kelasi yilda mamlakat eksportini 40 milliard dollarga yetkazish, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini esa 55 foizdan oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiy oltin konlarida 320 million dollarlik loyiha boshlanadi