date

Ulug‘bek Qodirov: “Setora” guruhi bilan birga kuylash men uchun orzu edi

Ulug‘bek Qodirov: “Setora” guruhi bilan birga kuylash men uchun orzu edi

Aktyor va xonanda Ulug‘bek Qodirov bolalikdagi eng katta orzularidan biri ushalganini samimiy so‘zlar bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, afsonaviy “Setora” guruhi bilan bir sahnada qo‘shiq kuylash uzoq yillik orzu bo‘lgan va bu u uchun haqiqiy Yangi yil sovg‘asiga aylangan.

Ulug‘bek Qodirovning eslashicha, yoshligida “Setora” konsertlariga kirish uchun hatto chipta topilmay qolgan paytlar bo‘lgan. Shunda u do‘stlari bilan konsertga darvozadan oshib tushib, militsiyadan qochib kirgan kunlarni kulib yodga oldi. O‘sha paytlarda bu faqat orzu edi, xolos.

“Faqat niyat qilib yurganman. Alhamdulillah, Olloh ortig‘i bilan berdi”, — deydi xonanda.

Kechagi konsertda esa u tom ma’noda o‘sha orzuni sahnada yashadi — afsonaviy “Setora” guruhi bilan birga qo‘shiq kuyladi. Tomoshabinlar uchun bu kutilmagan va juda iliq lahzaga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Qodirov: “Setora” guruhi bilan birga kuylash men uchun orzu edi