date

Oʻzbekiston suvni tejashga 3,3 trillion soʻm ajratadi

Oʻzbekiston suvni tejashga 3,3 trillion soʻm ajratadi
2026-yilga kelib Oʻzbekistonda suvni tejash texnologiyalarini joriy etish uchun 3,3 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaati chogʻida maʼlum qildi.

Umumiy uzunligi 1,3 ming kilometrni tashkil etuvchi asosiy magistral kanallar beton bilan qoplanadi, bu esa yiliga qoʻshimcha 500 million kubometr suvni tejash imkonini beradi. Shuningdek, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish, yangi kanallar qurish hamda eskilarini taʼmirlash ishlari boshlanadi.

Toshkent shahrida 160 million dollarlik dastur doirasida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi quriladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar taʼmirlanadi hamda 63 kilometr yangi kanallar barpo etiladi. Bu esa poytaxtda salqin mikroiqlim yaratish va yashil hududlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston suvni tejashga 3,3 trillion soʻm ajratadi