2050 yilda O‘zbekiston urbanizatsiya darajasi bo‘yicha Qozog‘istondan o‘tadi

BMT ma’lumotlariga tayangan Ranking hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga kelib Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda urbanizatsiya darajasi eng yuqori mamlakatga aylanadi. Prognozlarga ko‘ra, respublika aholining 54,6 foizi yirik shaharlarda yashaydi, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich 51 foizni tashkil etadi.
Shu davrga borib Oʻzbekistonda qishloq aholisi ulushi mintaqadagi eng past ko‘rsatkich — 8,7 foiz atrofida qolishi kutilmoqda. Qozog‘istonda esa aksincha, qishloq aholisi ulushi Markaziy Osiyodagi eng yuqori darajaga chiqib, 18,7 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
2025 yil natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda aholining 41,1 foizi yirik shaharlarda, 41,6 foizi kichik va o‘rta shaharlarda, 17,3 foizi esa qishloq hududlarida yashagan.
O‘sha yili urbanizatsiya darajasi bo‘yicha mintaqada yetakchilik Qozog‘istonga to‘g‘ri kelgan: aholining 45,3 foizi yirik shaharlarda yashagan, 32,2 foizi kichik va o‘rta shaharlar hissasiga to‘g‘ri kelgan, 22,4 foizi esa qishloqlarda istiqomat qilgan.
Oʻzbekiston 2025 yilda mintaqada ikkinchi o‘rinni egallagan: aholining 43,8 foizi yirik shaharlarda, 43,4 foizi kichik va o‘rta shaharlarda yashagan. Qishloq aholisi ulushi esa Markaziy Osiyodagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, 12,8 foizni tashkil etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!