U-23 Osiyo Kubogi. Xitoy Vetnamni mag‘lub etib, finalga chiqdi

U-23 Osiyo kubogida hal qiluvchi bosqichga chiqadigan jamoalar nomi oydinlashdi. Yarimfinalning ikkinchi uchrashuvida Xitoy yoshlar terma jamoasi Vetnamga qarshi ishonchli o‘yin namoyish etib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalga yo‘llanmani rasman qo‘lga kiritdi.
Bahsning ikkinchi taymida xitoyliklar ketma-ket zarbalar bilan raqibni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 47-daqiqada Peng Xiao hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 52-daqiqada Xiang Yuveng yana bir gol urib, ustunlikni ikki baravarga oshirdi. Uchrashuvning so‘nggi lahzalarini Vetnam himoyasi uchun yanada og‘irlashtirgan vaziyat 90+8-daqiqada kuzatildi — Yudongning goli yakuniy hisobni belgilab berdi.
Shu tariqa, musobaqaning finalida Yaponiya va Xitoy o‘zaro kuch sinashadi. Muxlislarni esa yana bir qiziq to‘qnashuv — uchinchi o‘rin uchun bellashuv ham kutib turibdi: Janubiy Koreya va Vetnam bronza medallar taqdiri uchun maydonga chiqadi.
U-23 Osiyo kubogi. Yarimfinal
Vetnam — Xitoy 0:3
Gollar: Peng Xiao (47), Xiang Yuveng (52), Yudong (90+8)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!