Soliq qarzi vaqtida to‘lanmadi – korxona mulki auksionga chiqarildi

Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Samandarov tomonidan Chilonzor tuman davlat soliq inspeksiyasining 19.08.2025 yildagi qaroriga asosan “T.G.S.Q.M.” MCHJdan 129 mln 451 ming so‘m soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atildi.
Qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lanmagani sababli:
🔹 korxonaning bank hisob raqamlariga band qo‘yildi,
🔹 “Hyundai HD 260” rusumli maxsus texnika avtotransport vositasi xatlandi,
🔹 u 1 mlrd. 681 mln. so‘mga baholanib, elektron auksionga chiqarildi.
Soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmaslik mol-mulkka nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishiga olib keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing