date

Husanov asosiyda: «Manchester Siti»ning asosiy tarkibi e’lon qilindi

Husanov asosiyda: «Manchester Siti»ning asosiy tarkibi e’lon qilindi

Yevropa Chempionlar ligasining 7-turi doirasida bugun “Budyo-Glimt” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs futbol muxlislarini yana bir bor katta o‘yin kayfiyatiga olib kiradi. Uchrashuvga sanalgan daqiqalar qolgan bir paytda “shaharliklar”ning asosiy tarkibi e’lon qilindi va eng qizig‘i — Abduqodir Husanov o‘yinni ilk daqiqalardan boshlaydi.

Ma’lumot uchun, bahs Toshkent vaqti bilan 22:45 da start oladi.

"Manchester Siti" asosiy tarkibi

  • Darvozabon: Djanluidji Donnarumma
  • Himoya: Riko Lyuis, Abduqodir Husanov, Maks Alleyn, Rayan Ayt-Nuri
  • Yarim himoya: Rodri, Tijjani Reynders, Niko O’Rayli
  • Hujum: Fil Foden, Rayan Cherki, Erling Xoland

"Manchester Siti" zaxirasi

Trafford, Bettinelli, Natan Ake, Umar Marmush, Jeremi Dok-u, Grey, Mukasa, Nobl, Mfuni, T. Samba.

"Budyo-Glimt" asosiy tarkibi

  • Hujum: Xauge, Xyog, Blomberg
  • Yarim himoya: Brunstad Fet, Berg, Even
  • Himoya: Byorkan, Gundersen, Byortyuft, Shyovold
  • Darvozabon: Xaykin

"Budyo-Glimt" zaxirasi

Faye Lund, Shyong, Nilsen, Aleesami, Bek Risnes, Dyuvik Maatta, Klyunge, Saltnes, Auklend, Xelmersen, Chuli.

Qisqasi, Husanovning asosiy tarkibda maydonga tushishi — “Siti”ning bu safargi rejalari jiddiy ekanini ko‘rsatadi. Endi barchasi maydonda hal bo‘ladi: Norvegiyadagi sovuq havo bor, “Siti”da esa issiq ambitsiya.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Husanov asosiyda: «Manchester Siti»ning asosiy tarkibi e’lon qilindi