date

"Toshkent to‘y oshi"ga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

"Toshkent to‘y oshi"ga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Poytaxt va uning atrof hududlariga xos bo‘lgan milliy taom — “Toshkent to‘y oshi” rasman geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror nafaqat taomning nomini, balki uni tayyorlashning an’anaviy usullari va o‘ziga xos jihatlarini ham huquqiy jihatdan muhofaza qiladi. Endilikda “Toshkent to‘y oshi” brendi davlat tomonidan himoya qilinib, uning sifati belgilangan standartlarga muvofiq bo‘lishi kafolatlanadi.

Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash an’analari asrlar davomida shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Ayniqsa, to‘y oshi tayyorlash jarayoni o‘ziga xos marosim va mahorati bilan ajralib turadi. U oddiy taom emas, balki bir necha ilmiy qonuniyatlar — issiqlik taqsimoti, mahsulotlar uyg‘unligi va pishirish texnologiyalari mujassam bo‘lgan murakkab jarayondir.

Odatda to‘y oshi erta tongda, katta hajmda va maxsus yarimshar shaklidagi qalin devorli cho‘yan qozonlarda tayyorlanadi. Bu jarayonda taomning mazasi, hidi va ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratiladi, bu esa uni boshqa hududlar palovidan farqlab turadi.

Eslatib o‘tamiz, geografik ko‘rsatkich — bu muayyan mahsulotning aynan ma’lum hududga tegishli ekanini hamda uning sifat va xususiyatlari shu joy bilan bevosita bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk shakli hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Toshkent to‘y oshi"ga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi