16:23 / 18.12.2017
8 159

Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi

Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi
Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer maydonlarini sotishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Bu aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilayotgani bilan bog‘liq. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 12 dekabrdagi qarori bilan binolar va boshqa ob’ektlar, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, tegishli ruxsatnomalarni berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Qaror Zangiota, Qibray, Toshkent, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga taalluqli.

Kiritilgan cheklovlar Prezident va hukumat qarori bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi qishloq uylarini qurish bilan bog‘liq munosabatlarga tegishli emas.

Aholi punktlari ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi