19:11 / 18.09.2018
6 247

Oʻzbekiston Qozogʻistonni un bozoridan chiqarib yubormoqda, ammo mamlakat ichida u qimmatlashmoqda

Oʻzbekiston Qozogʻistonni un bozoridan chiqarib yubormoqda, ammo mamlakat ichida u qimmatlashmoqda
Don ekinlarining umumiy hosiliga koʻra, Qozogʻiston dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Joriy yilda gʻallaning yalpi hosili 20 million tonnaga, eksport salohiyati esa 9 millionlik darajada baholanmoqda, Qozogʻistondan gʻalla asosan Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Afgʻonistonga yuboriladi, deb yozmoqda Kun.uz.

Bir necha yil ilgari Qozogʻiston un eksporti boʻyicha jahon bozorida yetakchi edi. Lekin hozir emas. Qozogʻistonlik tegirmonchilar oʻz ishlarini toʻxtatmoqdalar - yil sayin mamlakatda ishlayotgan tegirmonlar soni kamaymoqda.

“Biz un sotish boʻyicha anʼanaviy bozorlarni yoʻqotdik - Tojikistonni aniq yoʻqotdik, endi Oʻzbekiston va Afgʻonistonni yoʻqotmoqdamiz. Afgʻoniston soʻnggi bir necha yil davomida Qozogʻistonning past sifatli unini faol sotib oldi, biroq endi Qozogʻiston bugʻdoyidan tayyorlangan oʻzbek unini sotib olyapti. Sotish bozorlari boʻlmagani sababli Qozogʻiston tegirmonlari toʻxtab qolmoqda - oʻtgan yili juda koʻplab tegirmonlar ishi joyida turib qoldi”, - deydi “Dikanshi” tijorat direktori Igor Denisenko.

Un eksporti 2010 yilda eng choʻqqisiga chiqdi, oʻshanda Qozogʻiston 2,3 million tonna un sotgan. Shundan keyin eksport hajmi yildan-yilga kamayib bordi, tegirmonlar esa toʻxtadi.

Tegirmonchilarning fikricha, tegirmonlarni saqlab qolish uchun donni eksport qilish boʻyicha aksizni joriy etish yoki tegirmonchilarga dotatsiyalar berish kerak. Lekin tegishli vazirlik na unisi, na bunisini rejalashtirmayapti.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston aynan unga aksiz soligʻi bilan qozogʻistonlik tegirmonchilarga jiddiy toʻsiq qoʻydi.

“Masalan, 2012 yilga qadar Oʻzbekistonda barcha un Qozogʻistondan boʻlgan edi, lekin endi qoʻshnilar bizning donimizni sotib olib, oʻzining qayta ishlash sanoatini rivojlantirmoqda”, - deyiladi xabarda.

Soʻnggi olti yil mobaynida Oʻzbekiston Afgʻonistonga unni eksport qiluvchi mamlakatlar roʻyxatiga kirdi, bu esa Qozogʻiston mahsulotining eksport ulushini qisqartirdi.

Avgust oyi oxirida Oʻzbekiston kompaniyalari unni import qilingan dondan eksport qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Eksport qilinuvchi un hajmi import qilinadigan don hajmining 75 foizidan oshmasligi kerak.

Gʻalla importiga keladigan boʻlsak, 2020 yil 1 yanvargacha don mahsulotlari (bugʻdoy, joʻxori, tariq, arpa) bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi (rasmiylashtiruvdan tashqari).

Shu bilan birga, sentyabrda birinchi navdagi un narxi 1400 soʻmgacha oshdi, noyabr oyida esa u yana bir necha barobarga qimmatlashishi mumkin, sababi hukumat yaqinda “buxanka” bilan yuz berganidek, unga narxlarni “qoʻyib yuborishni” rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Qozogʻistonni un bozoridan chiqarib yubormoqda, ammo mamlakat ichida u qimmatlashmoqda