AQSh va O‘zbekiston mehnat sohasida hamkorlik memorandumini imzolashi mumkin, deb xabar qildi Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasida imzolanadigan memorandumning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston mehnat bozorida ilmiy va demografik tadqiqotlarni olib borish, turli kasblarga qisqa muddatda o‘qitishni tashkil etishda hamkorlik qilish hamda ikki davlat mehnat organlari xodimlari uchun tematikaga oid treninglar va kurslar o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, tomonlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va malaka oshirish milliy tizimini joriy etishda ham hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Hamkorlikning yuqorida aytib o‘tilgan yo‘nalishlari hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun AQSh mehnat departamentidan doimiy asosda faoliyat yurituvchi maslahatchi jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Amerika tomoni rejalashtirilayotgan hamkorlik yo‘nalishlariga yuqori baho berib, ularni hayotga tatbiq etishda yordam berishga to‘liq tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi