11:18 / 04.02.2020
2 972

O‘zbekiston turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar safiga kirdi

O‘zbekiston turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar safiga kirdi
Butunjahon sayyohlik tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Mamlakat turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. Independent nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Ushbu ro‘yxatda shuningdek Ozarboyjon hamda Qozog‘iston mamlakatlari ham keltirilgan bo‘lib, ular o‘z o‘rnida 17- va 20-o‘rinlarni egallagan.
Quyida turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin:

1. Myanma (40,2 foiz)
2. Puerto-Riko (31,2 foiz)
3. Eron (27,9 foiz)
4. O‘zbekiston (27,3 foiz)
5. Chernogoriya (21,4 foiz)
6. Misr (21,1 foiz)
7. Vetnam (16,2 foiz)
8. Filippin (15,1 foiz)
9. Maldiv orollari (14,9 foiz)
10. Bagama orollari (14,6 foiz)
11. Qatar (14,5 foiz)
12. Armaniston (14,4 foiz)
12. Janubiy Koreya (14,4 foiz)
13. Turkiya (14,0 foiz)
14. Bosniya va Gersegovina (13,7 foiz)
15. Tunis (13,6 foiz)
16. Laos (11,5 foiz)
17. Ozarboyjon (11,4 foiz)
18. Isroil (10,5 foiz)
19. Litva (10,1 foiz)
20. Qozog‘iston (10,0 foiz).

UNWTO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan hamda bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar safiga kirdi