14:58 / 11.03.2020
2 706

Navoiyda MCHJ rahbarini 41 mln so‘mga «uxlatgan» boshqa bir MCHJ rahbari ushlandi

Navoiyda MCHJ rahbarini 41 mln so‘mga «uxlatgan» boshqa bir MCHJ rahbari ushlandi
Navoiyda uy olib beraman deb, 41 million so‘m pullarni olgan shaxs ushlandi.
2020 yilning 2 mart kuni 1989 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani Varq MFYda yashovchi, MCHJ rahbari S.D. ariza bilan murojaat qilgan, deb yozmoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

U tanishi, 1972 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani Kattamachit MFYda yashovchi, MCHJ rahbari B.R. o‘zining ishonchiga kirib, 2018 yilning 13 aprel kuni, Navoiy shahar Sputnik qo‘rg‘onidan 1 xonali uy olib berishni va’da qilib, jami 41 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan B.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan to‘plangan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiyda MCHJ rahbarini 41 mln so‘mga «uxlatgan» boshqa bir MCHJ rahbari ushlandi