Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova O‘zbekistonda davlat tili bo‘yicha o‘rnatilayotgan tartiblar haqida gapirib, «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ga ishora qilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bunga javoban Facebook’dagi rasmiy sahifasida munosabat yozib qoldirdi.
So‘zlarimni yaqin tarixdan boshlamoqchiman. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yurt mustaqilligini e’lon qilganda, zalda o‘tirganlarning aksariyati do‘ppi kiygandi. Oradan hech qancha o‘tmay boshdan do‘ppilarni yechdik. Bu voqeani nega esladik? Gap shundaki, biz mustamlaka paytida qadriyatlarimizni avaylashga ko‘proq urinardik. Chunki ularga ochiq tahdid bor edi. Tahdidlar ko‘tarilgach esa ushbu masalada xotirjamlikka berildik. Mumtoz musiqamiz, urf-odatlarimiz, milliy raqslarimiz-u, madaniy merosimiz, atlas-u do‘ppilarimizni saqlab qoldik, deya ularga e’tiborimiz susaydi. Jumladan, millatimiz ko‘zgusi bo‘lgan tilimizga ham...
Kuni kecha OAVda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan o‘zbek tiliga daxldor qonun loyihasi muhokamaga kiritilishiga doir munosabati e’lon qilindi. Avvalo, yurtimizda o‘zbeklar bilan tinch-totuv yashab kelayotgan ko‘p sonli rus millati vakillariga, ularning tili va madaniyatiga chuqur ehtiromimni bildirgan holda bu boradagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Va shuni alohida ta’kidlab o‘tamanki, shaxsan men madaniyat targ‘ibotchisi sifatida o‘zbek tili ustuvorligini ta’minlovchi qonun qabul qilinishi tarafdoriman va unga amal qilishga tayyorman.
Men til masalasining millatimiz orasida har qancha muhokama qilinishiga qarshi emasman. Buni yoqlayman ham. Bu bizning ichki va faqatgina xalqimizga xos masalamiz. O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq tashqi siyosat borasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga qat’iy amal qilib kelmoqda. O‘z navbatida ichki siyosatda yechim topiladigan masalalarda o‘ziga nisbatan ham xuddi shu tamoyil qo‘llanilishi tarafdori.
Mariya Zaxarovaning fikrlari, avvalo, mana shu me’yor chegarasini oshib o‘tish sifatida baholanadi. Tilimizga nisbatan ko‘rsatilayotgan ta’sir madaniyatimizga aks javobning ilk qadamidir. Bunga insoniyat tarixida yetarlicha dalillar bor. Til – o‘zini hurmat qilgan har qanday millat uchun eng bebaho qadriyatdir. Qadriyatini yo‘qotgan millat esa o‘zligini yo‘qotadi. Sobiq sho‘rolar davrida rus tili maqomini ko‘tarish maqsadida o‘zbek tilini mensimaslik, uni yo‘qotishga bo‘lgan urinishlar, afsuski, oz bo‘lsa-da, samara bergan. Va hali-hanuz biz uning ta’siridan chiqib ketolmayapmiz.
Qaysi tilda muloqot qilish, albatta, har bir fuqaroning shaxsiy huquqi va bu qonun bilan himoyalangan. Lekin davlat tili maqomi haqida so‘z borar ekan bu boradagi har qanday qonunda faqat va faqat o‘zbek tilining ustuvorligi aks etishi shart!
Zaxarova xonimning aytishicha, rus tili filologiyasini o‘qitish, ruscha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi. Albatta, xorijiy tilni o‘rganishning foydasi bo‘lsa borki, zarari yo‘q. Biroq til to‘g‘risidagi qonun loyihasi ozchilik tomonidan ma’qullangan, degan fikriga qo‘shilmayman.
O‘zbek tili bu – Navoiy bobomiz tili. Amir Temur, Buxoriy kabi ulug‘larimiz tili. U shunchalar mukammalki, bunga ortiqcha dalil va sharh shart emas. Rus tilining adabiy durdonalari, Pushkin, Lermontov, Tolstoylarning asarlari o‘zbek tiliga qanchalik mahorat bilan tarjima qilinganini yetuk mutaxassislar e’tirof etishgan. Rus tilida ishlangan filmlarning o‘zbekcha talqinlariga, hatto, rus ijodkorlarining o‘zlari ham tan berishgan. Mana shunday boy, jozibador tilimiz turganda unga teng qo‘yiladigan boshqa tilga ne hojat?
O‘zbek tili haqida rossiyalik tilshunoslar fikr bildirishganida to‘g‘ri qabul qilamiz, biroq bu mavzu Tashqi ishlar vazirligi minbarida tilga olingani bekorga emas. Bu yerda aniq reja va siyosiy maqsadlar borligi kunday ravshan.
Men yurt farzandi sifatida tilimizdan qandaydir siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanilishiga mutlaqo qarshiman. Rossiya hukumatidan esa o‘zbek millatining xohish-irodasi, qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘rayman. O‘zbekiston suveren-demokratik davlat sifatida o‘z yo‘lini o‘zi belgilashga qodir mamlakat.
Bu masalada boshqa hamkasblarimizni, jamoatchilikni, o‘zbek tilini or-nomus, milliy g‘urur ramzi deb biladigan barchani bebaho qadriyatimiz – tilimiz himoyasiga chaqiraman.
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniya vaziri

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev va «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Mariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga o‘z munosabatlarini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga doir qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan, unda davlat tilida ish yuritmagan mansabdorlar jarimaga tortilishi mumkinligi belgilangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»