18:43 / 11.06.2020
3 074

Qibrayda 3 kishi o‘z tanishi do‘pposlab o‘ldirdi

Qibrayda 3 kishi o‘z tanishi do‘pposlab o‘ldirdi
Toshkent viloyatida 2020 yil 08 iyun kuni kechki vaqtlarda fuqaro 30 yoshli Sh.K., tanishlari 27 yoshli Sh.R. va 26 yoshli B.A., lar bilan bir guruh bo‘lib jinoyat sodir etdi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, ular Qibray tumani Yoshlik ko‘chasida o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 27 yoshli D.B., bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan og‘zaki kelishmovchilik natijasida janjallashadi. Janjal vaqtida ular D.B.,ni bosh-yuz sohasi va tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Natijada D.B., og‘ir tan jarohati olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Sh.K., Sh.R. va B.A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu fuqarolar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qibrayda 3 kishi o‘z tanishi do‘pposlab o‘ldirdi