Toshkentda 1 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 64 yoshli erkak bemor O‘zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda 64 yoshli erkak bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berdi.
«Uchtepa tumanida yashovchi 64 yoshli B.K. (erkak kishi) joriy yil 1 iyuldan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabetning 2-turi, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi, shuningdek, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.
2 iyul kuni undan koronavirus infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Oxirgi 8 yil davomida u parkinson kasalligi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, bemor 2019 yil 1 iyul kuni bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi ishemik turini ham o‘tkazgan.
So‘nggi kunlarda bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilganiga qaramasdan ahvoli keskin og‘irlashgan.
Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga karamay bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi xabarda.

Bu bugun O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 2 o‘lim holati, koronavirus pandemiyasi davridagi 42-o‘lim holati bo‘ldi.
Pandemiya davrida Toshkentda 26, Namanganda 4, Samarqandda 3, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bittadan o‘lim ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi