O‘zbekistonda 31 iyul kuni 738 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yildi va jami holatlar soni 24009taga yetdi.
«Afsuski, shu yilning 31 iyul kuni mamlakatimizda 738 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 111 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 627 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun respublikaning 9 hududida jami 738 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Yangi holatlar (+738)
Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) 111 holat.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
Toshkent shahrida 302 holat;
Toshkent viloyatida 203 holat;
Buxoro viloyatida 35 holat;
Sirdaryo viloyatida 22 holat;
Andijon viloyatida 19 holat;
Qashqadaryo viloyatida 17 holat;
Namangan viloyatida 15 holat;
Navoiy viloyatida 10 holat;
Qoraqalpog‘istonda 4 holat.
Tuzalganlar (+784)
31 iyul kuni respublikaning 8 hududida jami 784 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 14 ming 464 nafarga yetdi.
Toshkent shahrida 467 nafar;
Toshkent viloyatida 184 nafar;
Andijon viloyatida 41 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 32 nafar;
Xorazm viloyatida 22 nafar;
Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
Namangan viloyatida 13 nafar;
Farg‘ona viloyatida 4 nafar.
O‘lim holatlari (+5)
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida ro‘y bergan 5 o‘lim holati tasdiqlandi. Shundan biri - 25 iyul kuni 62 yoshida vafot etgan IIV akademiyasining iste’fodagi polkovnigi Tangriberdiyev Sultonboydir.
3 iyul kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 55 yoshli erkak bemor vafot etgan.
10 iyul kuni Toshkentdagi 1-sonli klinik shifoxonaga olib kelingan 67 yoshli ayol vafot etgan.
21 iyul kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan 60 yoshli ayol vafot etgan.
19 iyul kuni og‘ir holatda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan 55 yoshli erkak bemor vafot etgan.
10 iyul kuni koronavirus tasdiqlanib, og‘ir holatda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan 62 yoshli erkak bemor vafot etgan.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 404 nafar bemordan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi