07:00 / 25.12.2020
3 668

O‘zbekistonda fuqarolarga ID-karta berish 2021 yil 4 yanvardan boshlanadi

O‘zbekistonda fuqarolarga ID-karta berish 2021 yil 4 yanvardan boshlanadi
ID-kartaning old tomoni.
Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston fuqarosining ichki pasporti o‘rnini egallaydigan identifikatsion karta (ID-karta) berish butun mamlakat bo‘ylab 2021 yilning birinchi ish kuni — 4 yanvardan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Mirzaqambarovga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

ID-karta olish uchun hech qanday maxsus hujjat talab qilinmaydi, faqat pasport, ariza va bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi miqdorida (198470 so‘m) davlat bojini to‘lash kerak. Ulug‘bek Mirzaqambarovning so‘zlariga ko‘ra, ID-karta bir ish kuni ichida beriladi.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan manzil o‘zgargan taqdirda, kartani almashtirish kerak bo‘lmaydi.

Toshkentda va Toshkent viloyatida 1 sentabrdan propiska tizimini raqamlashtirish boshlandi. 1 yanvardan bu jarayon kuchga kirishi kerak, Toshkentda u allaqachon qo‘llanilmoqda. Propiska faqat tizimda o‘zgartiriladi. Kartaning o‘zida esa manzil yozilmaydi.

ID-karta 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarga 2 yil muddatga, 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — 5 yil, 16 yoshdan boshlab 10 yil muddatga beriladi (O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi xorij fuqarolari va fuqarolari bo‘lmagan shaxslarga 16 yoshdan 60 yoshgacha — 5 yil muddatga).

2022 yilning 31 dekabrigacha ID-kartalar 16 yoshga to‘lgan shaxslarga, shuningdek, pasport yo‘qolgan taqdirda, ism, sharif, familiya, millatni o‘zgartirish istagi tug‘ilganda va boshqa sabablar asosida ixtiyoriy tartibda beriladi. 2023 yilning 1 yanvaridan 2030 yilning 31 dekabrigacha biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish ularning muddati tugashi bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Identifikatsion karta o‘z ichiga karta egasining biografik ma’lumotlarini, raqamli fotosurat, barmoq izlarini (16 yoshga to‘lganda) jamlaydi. Karta egasining millati haqidagi ma’lumotlar uning chipiga kiritiladi va ID-kartaning o‘zida ko‘rsatilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda fuqarolarga ID-karta berish 2021 yil 4 yanvardan boshlanadi