12:07 / 29.12.2020
5 436

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga qanday nom berilganini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga qanday nom berilganini ma’lum qildi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari nutqi davomida 2021 yilga berilgan nomni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi kirib kelayotgan yilga Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb nom berildi.
«Yilga nom berish juda qiyin va mas’uliyatli ish. Biz bunin guchun ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik. Yoshlarga bo‘lgan e’tiborimiz, joylardagi vaziyat va umumiy muhit inobatga olindi.

Pandemiya vaqtida aholi sog‘ligini mustahkamlash bo‘yicha boshlangan ishlarni bugun davom ettirmasak, muammolarni hal qilmasak, ertaga kech bo‘ladi. Kasallik avj olgan vaqtda muammolardan, kamchiliklardan qiynaldik, ammo sarosimaga tushmadik.

Muammolarimiz bilindi va ularni hal qilishda ishtirok etgan barchaga rahmat aytaman. Biz yoshlarga hamma sharoitni yaratib berishimiz kerak, O‘zbekistonning buyuk kelajagi uchun shunday qilishimiz shart
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga qanday nom berilganini ma’lum qildi