Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2021 yilning 1 oktabr holati bo‘yicha demografik ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 oyda 132,1 ming o‘lim holati qayd etilgan. Choraklar kesimida ko‘riladigan bo‘lsa, 1-chorakda 39,6 ming, 2-chorakda 40,1 ming, 3-chorakda esa 52,4 ming o‘lim ro‘yxatga olingan. Bunda 3-chorakda o‘lim holati 2-chorakka nisbatan 31 foizga yoki 12,3 ming nafarga oshgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2020 yilda 175,6 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan va 2019 yilga nisbatan 0,5 promillega oshgan (2019 yilning yanvar—dekabr oylarida ko‘rsatkich 4,6 promille bo‘lgan).
2020 yilda qayd etilgan o‘lim holatlarining 60,0 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,0 foizi o‘simtalardan, 7,2 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi yuqumli va parazitlar kasalliklardan hamda 11,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi