20:43 / 27.10.2021
1 043

Hokim va hokim o‘rinbosarlarining reytingi e’lon qilindi

Hokim va hokim o‘rinbosarlarining reytingi e’lon qilindi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi barcha viloyat, tuman va shaharlardagi hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash tizimini yo‘lga qo‘ydi.

Agentlikning argos.uz portalidagi “Reyting” sahifasida 2021 yil iyun holatiga (2-chorak bo‘yicha) quyidagi 6 turdagi reyting joylashtirildi:

1. Natijadorligi yuqori hududlar;
2. Hududlarda ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar;
3. Hududlarda ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar;
4. Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingi;
5. Tuman (shahar) hokimlarining top-20ligi;
6. Tuman (shahar) hokimlarining quyi-20ligi.

Reyting natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichli viloyatlar reytingida Navoiy viloyati (87 ball) yetakchilik qilmoqda. Viloyatlar orasida eng past ko‘rsatkich Surxondaryoda (66 ball) qayd etilgan.

Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar reytingida respublikadagi 205ta tuman orasida Qorovulbozor tumani (Buxoro) 98,2 ball bilan 1-o‘rinni egallagan.

Ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar reytingida Sariosiyo tumani (Surxondaryo) 1-o‘rinni egallagan (60,8 ball).

Hokimlarning top-20 talik reytingida yana Qorovulbozor tumani (Buxoro), Yangibozor tumani (Xorazm), Shirin shahri (Sirdaryo), G‘azg‘on shahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toshkent shahri) hokimlari yetakchiligini ko‘rish mumkin. Quyi-20 talik reytingda esa ro‘yxatdagi dastlabki o‘nta o‘rinning sakkiztasi Surxondaryo viloyati tumanlari hokimlariga nasib etgan.

Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingida Navoiy viloyatining G‘azg‘on shahri 1-o‘rinni egallagan.

Tuman (shahar) hokimlarining TOP-20ligi va QUYI-20ligi bo‘yicha reytingda mos ravishda Qorovulbozor (Buxoro) va Sariosiyo (Surxondaryo) tumanlari 1-o‘rinni egallagan.

Agentlik 100 ballik tizimda yakuniy baholashning 50 foizini EMSK, 30 foizini aholi orasida va 20 foizini mahalla raislari orasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari tashkil etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, hokim o‘rinbosarlari faoliyatini KPI asosida baholash tartibi joriy etilishi avgust oyidagi prezident qarorida belgilangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Hokim va hokim o‘rinbosarlarining reytingi e’lon qilindi