6 880
Rossiyaning Astraxan viloyatidagi saylov uchastkasida ayol ovoz berish guvohnomasini eb qo‘ydi
Rossiyaning Astraxan viloyatidagi 316-saylov uchastkasida bir ayol doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyiga biriktirilgan saylov uchastkasi o‘rniga istalgan boshqa saylov uchastkasida ovoz berish huquqini beruvchi guvohnomani eb qo‘ydi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
"Ayolga tez tibbiy yordam chaqirtirildi, biroq u so‘roq vaqtida barchasini inkor qilgan. Bu tekshiruv natijalari prokuratura orqali tergov qo‘mitasiga topshiriladi", deb aytildi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ayol erkakcha familiyali guvohnoma bilan saylov byulletenini olmoqchi bo‘lgan. Kuzatuvchining bunga qarshilik ko‘rsatishi vaqtida ayol kuzatuvchining qo‘lini tishlab olgan va so‘ngra guvohnomani og‘ziga solib chaynay boshlagan.
Avvalroq Astraxan viloyati saylov komissiyasi raisi Igor Korovin saylov komissiyasi ovoz berishda ishtirok etgan aholidan kolbasa va pullar bilan ovozlarni sotib olishga urinishlar bo‘lganidan shikoyatlar olganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi