18 maydan 19 mayga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan “Habib” bozori yonib ketgan. Bu haqda tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchi xodimi Shokir Meliboyev “Qalampir.uz” saytiga xabar berdi.
Kiyim-kechaklar sotiladigan ushbu bozorda yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Xabar berilishicha, jabrlanganlar yo‘q. Biroq bozor butkul yaroqsiz holatga kelgan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: har bir savdo majmualarida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari ko‘rilib, bu borada kerakli ishlar amalga oshiriladi. Shunga qaramay, yong‘inlar tez-tez uchrab turibdi. Bunga sabab nimada? Bozor butkul yonib bo‘lganiga qaraganda o‘t o‘chirish xodimlari keraklicha tezlikda ishlamagan. Aks holda shunday katta savdo maskani butkul yaroqsiz holga kelmagan bo‘larmidi? “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi