
Niderlandiyalik poygachi, “Red Bull” jamoasi a’zosi Maks Ferstappen Formula-1 mavsumining 22-bosqichi — Las-Vegas Gran-prisida g‘olib chiqdi. Ikkinchi o‘rinni “McLaren” poygachisi Lando Norris egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onaga “Mercedes”dan Jorj Rassell ko‘tarildi.
Ferstappen poyga davomida ishonchli yetakchilik qilib, marraga raqiblaridan qariyb 21 soniya oldinda yetib keldi. Norris masofaning so‘nggi qismida texnik muammolarga duch keldi, ammo baribir ikkinchi o‘rinni saqlab qola oldi.
Rassell uchinchi o‘rinni band etdi. To‘rtinchi o‘rinni “McLaren” poygachisi Oskar Piastri egalladi.
“Ferrari” vakili Sharl Lekler esa oltinchi bo‘ldi, u “Mercedes”dan Andrea Kimi Antonelliga imkoniyatni boy berdi. “Williams”dan Karlos Sayns yettinchi, “Racing Bulls” yangi a’zosi Izak Ajar va “Zauber”dan Niko Gyulkenberg esa keyingi o‘rinlarni egallashdi.
Poygadan so‘ng FIA “McLaren” jamoasi texnik qoidalarni buzgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Agar bu tasdiqlansa, Norris va Piastri diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
28 yoshli Ferstappen to‘rt karra jahon chempioni (2021–2024). U chempionlik soni bo‘yicha Alen Prost va Sebastyan Fettel bilan tenglashdi.
2023-yil mavsumida rekord o‘rnatgan Ferstappen yillik g‘alabalar soni (19) va ketma-ket yutgan poygalar (10) bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi. Keyingi bosqich Qatar Gran-prisi bo‘lib, u 28–30 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
2025-yilgi mavsumda esa jami 24 poyga rejalashtirilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.