Edoardo Bove Angliyada maydonga qaytishni rejalashtirmoqda

O'tgan yil kuzida ham bu haqda xabar bergandik: 2024 yil dekabrida o'yin paytida yuragi to'xtab qolgan Edoardo Bove futbolga qaytishga jiddiy kirishgan. Biroq u Serie Aga ham, tabiiyki, "Fiorentina" safiga ham qaytmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
calcionapoli1926.it ma'lumotiga ko'ra, futbolchining keyingi manzili Angliya bo'lishi kutilmoqda — eng asosiy variant "Uotford". Tomonlar shartnoma borasida kelishuvga juda yaqin.
Hozirda "shershni" laqabli "Uotford" Chempionshipda — Angliyaning kuchi bo'yicha ikkinchi ligasida — to'p surmoqda. Jamoa turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda va navbatdagi o'yinda "Milluol"ga qarshi maydonga tushadi. Bo've o'sha bahsga qadar klub futbolchisiga rasman aylanishi ehtimoldan xoli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing