Nikola Ventola Inter va Napoli o'yinini intiqlik bilan kutmoqda

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida eng katta e'tibor "Inter" va "Napoli" to'qnashuviga qaratiladi. "Neradzurrilar" safida to'p surgan Nikola Ventola ushbu bahsni alohida hayajon bilan kutayotganini yashirmadi va buning sabablarini ham aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ventolaning fikricha, "Inter" ayni paytda juda yaxshi holatda: futbolchilar maksimal darajada tayyor, jamoa mexanizmi esa bir maromda ishlayapti. Shu bilan birga, u Antonio Konte qanday reja tanlashini ham qiziqish bilan kutmoqda — Ventola murabbiyni strateg sifatida ta'rifladi. Uning bahosiga ko'ra, bu uchrashuvda imkoniyatlar teng: 50 ga 50.
Hozirda "Inter" A Seriya turnir jadvalida "Milan"ni uch ochko ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda. "Napoli" esa uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!