date

O‘zbekiston bokschilari JChda uchta kumush medal oldi

O‘zbekiston bokschilari JChda uchta kumush medal oldi
13 dekabr 2025 yil kuni O‘zbekiston bokschilari Arman Maxanov, Javohir Ummataliyev va Turabek Xabibullayev Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Jahon chempionatida kumush medal sohibi bo‘lishdi. Final janglari murakkab va keskin kechdi, hatto bir jang ikkinchi raunddan so‘ng to‘xtatildi.

80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Javohir Ummataliyev finalda rossiyalik Jambulot Bijamovga qarshi ringga chiqdi. Besh raund natijasiga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan g‘alabani rossiyalik bokschiga 5:0 hisobida berishdi.

Ummataliyev musobaqa davomida barqaror chiqish ko‘rsatib, turnirni ikkinchi o‘rinda yakunladi. 92 kg vazn toifasida esa Turabek Xabibullayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Finalda u tajribali Musliym Gadjimagomedov bilan jang qildi va 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Lekin ushbu natija sportchining yuqori saviyasini yana bir bor tasdiqladi.

Arman Maxanov ham Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi. Uning final jangi ikkinchi raunddan so‘ng to‘xtatildi.

G‘alaba rossiyalik bokschi David Surovga nasib etdi va u turnirning oltin medalini qo‘lga kiritdi. Maxanov esa ikkinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasining medallar jamg‘armasini boyitdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda uchinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga sazovor bo‘lib, yuqori tayyorgarlik darajasi va barqaror natijalarni namoyish etishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston bokschilari JChda uchta kumush medal oldi