date

PSJ sobiq darvozaboni Janluiji Buffonni tabrikladi

PSJ sobiq darvozaboni Janluiji Buffonni tabrikladi

Parijning «PSJ» klubi o‘z safida to‘p surgan sobiq futbolchisi Janluiji Buffonni tug‘ilgan kuni bilan qutladi. Chorshanba kuni italiyalik afsonaviy darvozabon 48 yoshni qarshi oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida: «48 yosh bilan tabriklaymiz, Janluiji Buffon!» — deya yozib qoldirdi.

Buffon «PSJ»da bir mavsum — 2018/2019 yilgi mavsumda o‘ynagan. Shu davr ichida u 25 uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi. Parij jamoasi safida u Fransiya chempionligi va Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan, mavsum yakunida esa «Yuventus»ga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Buffon 2006 yilda Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. Finalda «Skuadra adzurra» Fransiyani 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ sobiq darvozaboni Janluiji Buffonni tabrikladi