date

Marotta Inter Diabini olish bo'yicha muzokarani tasdiqladi

Marotta Inter Diabini olish bo'yicha muzokarani tasdiqladi

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta «Al-Ittihod» vingeri Mussa Diabi bo'yicha transfer mish-mishlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq OAV «Inter» fransuz futbolchisini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyinchalik 35 million yevrolik sotib olish opsiyasini ham qo'shishi mumkinligini yozgandi.

«Mussa Diabini «Al-Ittihod»dan olish yuzasidan muzokaralar ketayotganini tasdiqlay olaman. Hozircha bir qator omillar sabab bu kelishuv murakkab», — deya Marottaning so'zlarini insayder Fabritsio Romano keltirdi.

Diabi 2024 yilda «Aston Villa»dan «Al-Ittihod»ga 60 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Bu mavsumda fransuz Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marotta Inter Diabini olish bo'yicha muzokarani tasdiqladi