Argentinaning qadimiy klubi Kilmes stadionni yangilashga ko'mak so'radi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmes» 1887 yilda tashkil etilgan. Tarixi boy jamoaning muxlislari ko'p, biroq hozir klub og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu sabab rahbariyat stadionni qayta qurish rejasini e'lon qilib, ishqibozlardan yordam so'radi. Gap odatdagidek xayriya yoki pul yig'ish haqida emas — muxlislarga stadionga kelib, qo'l mehnati bilan turli yumushlarni bajarish taklif qilindi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo'lishiga qaramay, «Kilmes» ishqibozlari chaqiriqqa faol javob berdi va stadionni yangilash ishlarida qatnashishga tayyor ekanini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing