date

Fillar hujumi: amerikalik millioner-ovchini toptab oʻldirdi

Fillar hujumi: amerikalik millioner-ovchini toptab oʻldirdi

Afrikada sodir boʻlgan navbatdagi fojeali holat jamoatchilik eʼtiborini tortdi. Gabon hududida fillar toʻdasi amerikalik boy ovchini toptab oʻldirgani maʼlum qilindi. Bu haqda Daily Mail Collect Africa sayyohlik kompaniyasi maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

Xabarga koʻra, halok boʻlgan shaxs — Erni Dozio boʻlib, u Kaliforniyada tokzorga ega boʻlgan va uzoq yillar davomida Afrika hamda Amerikada ekzotik hayvonlarni ovlash bilan shugʻullangan.

Maʼlum boʻlishicha, u hamrohi bilan oʻrmonda antilopa ovlayotgan paytda beshta katta fil va bir fil bolasiga duch kelgan. Ovchilarning qoʻlida qurol borligini sezgan hayvonlar keskin reaksiya bildirib, hujumga oʻtgan.

Kuchli hujum oqibatida Erni Dozio voqea joyida halok boʻlgan, uning hamrohi esa turli jarohatlar olgan. Bu haqda marhumni tanigan keyptaunlik sobiq ovchi maʼlum qilgan.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, fillar, ayniqsa bolasi bilan boʻlgan paytda, oʻta himoyachan va xavfli boʻlishi mumkin. Shu bois bunday holatlarda ularning hujumga oʻtishi ehtimoli juda yuqori hisoblanadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Fillar hujumi: amerikalik millioner-ovchini toptab oʻldirdi