Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal esa yettinchi o‘rinda bormoqda

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniga yaqinlashdi: jamoalar oldida atigi bitta tur qoldi. Yetti o‘yin haftasidan keyin WhoScored statistik portalining eng yaxshi futbolchilar reytingida Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe peshqadamlik qilmoqda. Fransuz futbolchi to‘purarlar poygasida ham 11 gol bilan oldinda ketyapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘rtacha baholar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Bavariya»ning hujumchisi Harri Keyn egallagan. Kuchli uchlikni esa Keynning jamoadoshi Maykl Olise yakunlab turibdi. «Atletiko» vakili Xulian Alvares to‘rtinchi, «Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai esa beshinchi pog‘onada qayd etilgan.
6–10-o‘rinlardan Viktor Osimhen («Galatasaroy»), Lamin Yamal («Barselona»), Yens Xauge («Budyo-Glimt»), Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») hamda «Real» darvozaboni Tibo Kurtua joy olgan.
So‘nggi tur uchrashuvlari 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!