O‘zgidromet 25–26 aprel ob-havo prognozini e’lon qildi

O‘zgidromet 25–26-aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq va issiq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi. Dam olish kunlari ayrim hududlarda, xususan, yakshanba kuni Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati kunduzi o‘rtacha 28–31 darajagacha ko‘tariladi, biroq yakshanba kuni shimoliy hududlarda harorat biroz pasayishi kutilmoqda. Shuningdek, respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
O‘zbekistonda joriy yilning 25 va 26 aprel kunlari quruq ob-havo bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 25 aprel – shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda, shuningdek, 26 aprel-yakshanba kuni Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shanba kuni kunduzi havo 28-31 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32-35 darajagacha isiydi. Yakshanba kuni ko‘pchilik viloyatlar bo‘yicha havo harorati ushbu darajalar atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 20-23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 25-28 darajagacha pasayadi.
24-25 aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkentda shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Dam olish kunlari havo harorati 27-30 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja bo‘ladi.





























Izohlar 0
…