date

Arne Slot Isakning to'liq tiklanishi uchun vaqt kerakligini ma'lum qildi

Arne Slot Isakning to'liq tiklanishi uchun vaqt kerakligini ma'lum qildi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning rekord darajadagi xaridi Aleksander Isakning jismoniy holati va sport formasi haqida to'xtalib o'tdi. O'tgan yili avgust oyida "Nyukasl"dan 125 million funt sterling evaziga transfer qilingan 26 yoshli shvetsiyalik hujumchi jarohatlar sababli Mersisaydagi debyut mavsumini ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Xususan, oyog'i singani tufayli to'rt oy maydonga tusha olmagan futbolchi joriy mavsumda bor-yo'g'i uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Slotning ta'kidlashicha, Isak hozircha o'zining eng yuqori imkoniyatlari darajasida emas, balki jismoniy tiklanish jarayonida harakat qilmoqda. Murabbiy hujumchi o'zining haqiqiy darajasiga chiqishi uchun olti haftalik to'liq mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlari zarurligini qayd etdi. Shuningdek, u futbolchining xalqaro turnirlardagi ishtiroki unga o'yin ritmini topib olishda yordam berishi mumkinligini bildirdi.


Shu bilan birga, murabbiy jamoaning asosiy yulduzi Muhammad Salahning samaradorligi pasaygani borasida ham fikr bildirdi. Salah joriy mavsumda Premyer-ligada atigi yetti bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Slotning so'zlariga ko'ra, hujumchilarning gol urish ko'rsatkichi o'tgan yilgiga nisbatan kamaygan bo'lsa-da, bu vaqtinchalik holat va tez orada vaziyat ijobiy tomonga o'zgaradi.

Shanba kuni "Liverpul" o'z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi. Jamoada jiddiy kadrlar muammosi mavjud bo'lib, 11 nafargacha futbolchi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. Darvozabonlar Alisson Bekker va Giorgi Mamardashvili jarohat olgani sababli, uchinchi raqamli posbon Freddi Vudmen asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Isak ham o'yin qaydnomasidan joy oladi, biroq u hali to'liq 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Isakning to'liq tiklanishi uchun vaqt kerakligini ma'lum qildi