Qashqadaryo va Surxondaryoda kartoshka narxi keskin qimmatlashdi

1 daqiqa o'qish3K
Qashqadaryo va Surxondaryoda kartoshka narxi keskin qimmatlashdi

O'zbekistonda joriy yilda kartoshkaga bo'lgan ichki talabni to'liq qoplash maqsadida 180 ming gektar yer ajratish rejalashtirilgan edi. Hozirgi kunga qadar ushbu maydonlarning 118 ming gektariga urug'lik ekish ishlari yakunlandi. Biroq ayrim hududlarda bu boradagi ko'rsatkichlar kutilganidan ancha past bo'lib qolmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatida rejalashtirilgan maydonlarning bor-yo'g'i 41 foiziga, Surxondaryo viloyatida esa 44 foiziga kartoshka ekilgan. Ekish ishlarining kechikishi bozorlardagi narx-navoga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mart oyining o'zida kartoshka narxi Surxondaryoda 12,4 foizga, Qashqadaryoda esa 9 foizga ko'tarilgani qayd etildi.

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan Xo'jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo'rg'on, Toshloq va Farg'ona tumanlarida ham ishlar qoniqarsiz deb topildi. Sustkashlikka yo'l qo'ygan viloyat hokimlarining qishloq xo'jaligi bo'yicha o'rinbosarlari hamda tuman hokimlarining mas'uliyatini oshirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga to'xtalib, barcha resurslar mavjudligini ta'kidladi. «Takror aytaman: mablag' bor, resurs bor. Go'sht va kartoshkadan hech qanday masala bo'lmasligi kerak», — deya qayd etdi davlat rahbari.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?