date

Kilmyes stadionini yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Kilmyes stadionini yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmyes» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini yig‘gan. Biroq hozir jamoa qiyin davrni boshdan kechirmoqda va klub atrofidagilardan amaliy ko‘mak kutyapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rahbariyat stadionni qayta qurish tashabbusi bilan muxlislarga murojaat qildi. Gap odatdagidek mablag‘ yig‘ish haqida emas: klub tarafdorlarga “eski usulda” kelib, jismoniy mehnat qilishni, qayta ta’mirlash ishlari bo‘yicha turli vazifalarni bajarishni taklif qildi.

Janubiy yarim sharda yozning jazirama kunlari hukmron bo‘lishiga qaramay, muxlislar chaqiriqqa befarq qolmadi va yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilmyes stadionini yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirdi