Trent Realni tark etib, Bavariyaga o'tishni xohlayapti

Himoyachi Trent Aleksander-Arnold o'tgan yozda "Liverpul"ni tark etib, "Real" safiga qo'shilgandi. Biroq uning Ispaniyadagi faoliyati kutilganidek ketmayapti: ingliz futbolchisini jarohatlar bezovta qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Defensa Central xabariga ko'ra, Trent "Real"dagi hozirgi vaziyatidan norozi va yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirish uchun allaqachon muayyan qadamlar tashlashni boshlagan. Manbaga ko'ra, Aleksander-Arnoldning asosiy istagi — "Bavariya"ga borish.
Qayd etilishicha, bunday transfer amalga oshishi uchun "Real"ning roziligi zarur, chunki futbolchining shartnomasi 2031 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, tovon puli esa 1 milliard yevro etib belgilangan. Madrid klubi esa Trent yana yuqori saviyasiga qaytishiga va jamoa uchun muhim o'yinchiga aylanishiga ishonmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!