“Prava”siz haydovchi Lacetti’da 11 yoshli bolani urib yubordi

1 daqiqa o'qish201
“Prava”siz haydovchi Lacetti’da 11 yoshli bolani urib yubordi

Toshkent shahrida yana bir yoʻl-transport hodisasi qayd etildi. Toshkentning Chilonzor tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan fuqaro avtomobil boshqaruvini yoʻqotib, 11 yoshli bolani urib ketdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 2026 yil 20 aprel kuni halqa yoʻlining ushbu tuman hududidan oʻtuvchi qismida sodir boʻlgan. Chevrolet Lacetti rusumli mashina haydovchisi yuqori tezlikda harakatlangani oqibatida transport vositasini boshqara olmay, yoʻlning chet qismiga chiqib ketgan va piyodani urib yuborgan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, avtomobil avval temir ustunlarga borib urilgan, soʻngra yoʻl toʻsiqlarini vayron qilgan holda daraxtga toʻqnashib toʻxtagan. Kuzatuv kameralari tasvirlari ham transport vositasining yuqori tezlikda kelganini tasdiqlagan.

Zarba natijasida jabrlangan bola avval oʻrnidan turishga uringan, ammo koʻp oʻtmay yiqilib tushgan. Voqea joyiga tez orada yoʻl-patrul xizmati xodimlari va tibbiyot guruhlari yetib kelgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Uning otasi maʼlum qilishicha, bolada miya chayqalishi, bosh qismida jarohatlar va oyoqlarida turli lat yeyish holatlari aniqlangan. Bir necha kundan keyin uning ahvoli yaxshilanib, uyiga javob berilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa paytida avtomobil ichida haydovchidan tashqari yana bir necha kishi boʻlgan. Ayni paytda haydovchi qoʻlga olingan, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiylar maʼlum qilishicha, barcha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, transport vositasi esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?