Al-Nasr Ronaldūni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni ko‘zlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda saqlab qolish uchun unga klub egasi sifatida rol taklif qilishi mumkin. Xususan, Ronaldūning «Al-Nasr»dagi ulushini hozirgisidan oshirib, 15 foizgacha yetkazish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Liga esa futbolchi ketishi ortidan global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni tahlil qilmoqda.
Ronaldu 2023 yilda «Al-Nasr»ga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!