Argentina klubi Kilmes stadionini yangilashga muxlislarni chorlamoqda

1887 yilda tashkil etilgan «Kilmes» Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladi. Katta tarixga ega jamoa anchadan beri keng muxlislar armiyasiga tayangan holda yashab keladi, biroq hozir klub og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu sabab rahbariyat stadionni qayta qurish tashabbusi bilan chiqib, yordam so'radi. Eng qizig'i, gap pul yig'ish haqida emas: muxlislarga odatdagidek xayriya o'tkazish emas, balki stadionga kelib, jismonan mehnat qilish va ta'mirlash ishlarida bevosita qatnashish taklif qilindi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo'lishiga qaramay, ko'plab ishqibozlar klub chaqirig'iga ijobiy javob berdi va stadionni yangilash jarayoniga qo'shildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing