Zamin App
Zamin.uz Mobil ilovamizda yangiliklarni qulayroq o'qing!
Yuklab olish
USD: 12136.92   EUR: 14191.70   RUB: 159.99

Al-Nasr Ronaldu Saudiya Arabistonida qolishi uchun reja tuzdi

date views 73 category Sport
Al-Nasr Ronaldu Saudiya Arabistonida qolishi uchun reja tuzdi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs bergan ma’lumotga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Ronaldu mamlakatda qolishi uchun unga klub egasi sifatida yangi rol taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushini 15 foizgacha oshirish orqali yulduzni Saudiya futbolida ushlab qolish mumkinligi aytilmoqda. Liga rahbariyati Ronaldu ketgan taqdirda global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni o‘rganmoqda.

Ronaldu 2023 yilda «Al-Nasr»ga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.