Yuventus Sevilya o'ng qanot himoyachisini tarkibga qo'shmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi «Sevilya» safida to'p surayotgan o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Janluka Di Marzio xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi «Yuventus»da Pyer Kalyulyu uchun zaxira variant sifatida ko'rilmoqda. Bitim faqat «Sevilya» o'yinchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa, amalga oshishi mumkin. Turinliklar hozircha to'liq transferni rasmiylashtirishga tayyor emas.
Xuanlu Sanches «Sevilya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «nervionliklar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!