Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya bilan ishlaydigan agent Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga tayanmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan va keyingi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing