Trent Realni tark etishni xohlayapti va manzilni tanladi

Himoyachi Trent Aleksander-Arnold o‘tgan yozda “Liverpul”dan ketib, “Real” safiga qo‘shilgandi. Biroq Ispaniyadagi dastlabki davr u kutgandek kechmayapti — ingliz futbolchisini jarohatlar tinmay bezovta qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, Trent “Real”dagi vaziyatidan norozi va yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirish uchun allaqachon qadamlar tashlashni boshlagan. Manbaga ishonilsa, Aleksander-Arnold yangi jamoa sifatida “Bavariya” variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, ehtimoliy transfer uchun “Real”ning roziligi zarur: futbolchining shartnomasi 2031 yil o‘rtalarigacha amal qiladi, undagi tovon puli esa 1 milliard yevroga teng. Madrid klubi esa Trent yana yuqori darajasiga qaytishiga va jamoa uchun muhim ijrochiga aylanishiga ishonmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!