De Dzerbi Rabio bilan ishlagan davrini sogʻinayotganini aytdi

"Marsel" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi o‘tgan mavsumda birga ishlagan Adryen Rabioni iliq xotiralar bilan esladi. Hozir fransuz yarim himoyachisi "Milan" safiga ko‘chib o‘tgan va u yerda ham nafis o‘yini bilan muxlislarni xursand qilishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
De Dzerbining ta’kidlashicha, Rabio maydonda ko‘p qirrali futbolchi: himoyada ham, hujumda ham birdek foydali, zarba bilan yorib kirishni ham biladi. Murabbiy ular xayrlashgan payt kutilganidek kechmaganini eslatib o‘tsa-da, Rabio jamoaga Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda katta hissa qo‘shganini, ko‘p uchrashuvlarda aynan uning o‘yini hal qiluvchi omil bo‘lganini qayd etdi.
Yaqinda Rabio "Milan" safidagi ilk dublini rasmiylashtirib, "Komo" darvozasiga ikki bor to‘p kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!