date

Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi

Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, klub bilan shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni ko‘zlayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomonlari portugaliyalik yulduzni mamlakatda saqlab qolishning yangi yo‘lini ko‘rib chiqmoqda: Ronaldu klub egasi sifatida «Al-Nasr»dagi ulushini hozirgisidan oshirib, 15 foizgacha yetkazishi mumkin. Liga esa Ronaldu ketgan taqdirda dunyo jamoatchiligi qiziqishi keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni tahlil qilmoqda.

Krishtianu Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi