date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi dedi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi dedi

«Fenerbahche»ning sobiq futbolchisi Linkoln portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyoni keskin tanqid qildi. Mutaxassis Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, Mourinyu unga bergan va'dasini bajarmagan va bu holat futbolchida katta norozilik uyg'otgan. «U juda ko'p sovrin yutgan, buni hech kim inkor qilmaydi. Lekin menga nisbatan hurmatsizlik qildi. Men uchun hayotda xarakter unvonlardan ham muhim», — dedi u.

Futbolchi ijara asosida «Xall Siti»ga ketishidan oldin Mourinyu bilan gaplashganini, murabbiy esa uni Portugaliyadagi yozgi yig'inga kutishini bildirganini ta'kidladi. Mavsum tugagach, u yig'inga chaqiruv kutgan, tarjimon orqali Mourinyu bilan bog'lanmoqchi bo'lgan, biroq murabbiy muloqotdan bosh tortib, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan.

Linkolnning so'zlariga ko'ra, jamoa Portugaliyada yig'in o'tkazayotgan paytda u ham Portugaliyada bo'lganiga qaramay, Mourinyu uni baribir Istanbulga yuborib, alohida tartibda shug'ullanishni buyurgan. «Menga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat bo'ldi. Ko'p o'yinlarda, hatto o'zimga qulay bo'lmagan pozitsiyada ham klubga yordam berish uchun borimni berganman. Og'ir jarohatdan keyin qo'llab-quvvatlash kutdim, ammo ololmadim», — dedi u Fanatik nashriga.

Hozirda Joze Mourinyu «Benfika»ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi dedi