Xaykin Siti ustidan g'alabani Norvegiya tarixiga qiyosladi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasi darvozaboni Nikita Xaykin «Manchester Siti» ustidan qo'lga kiritilgan shov-shuvli g'alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida norvegiyaliklar ingliz grandini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
«O'yindan keyin ham biz ehtimol futbol industriyasida XXI asrning eng kuchli tashkilotlaridan birini yutganimizni darhol anglab yetmadik. Bu uchrashuv faqat biz uchun emas, butun norveglar, umuman Norvegiya sporti uchun tarixga kirdi», — dedi Xaykin VideoSports dasturida.
Darvozabonning ta'kidlashicha, mazkur natija uning faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri bo'ldi.
Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!