Luis Enrike PSJni chempionatda yetakchilikka olib chiqmoqchi

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike mamlakat chempionatining 19-turidan o‘rin olgan «Oser»ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. O‘yin 23-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, parijliklar hali chempionatda o‘zlari xohlagan nuqtaga chiqa olmagan. Enrike raqiblar PSJga qarshi ko‘pincha chuqur himoya bilan o‘ynashini ta’kidladi va jamoa turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqishni maqsad qilganini bildirdi. Shu bilan birga, «Lans»ning 10 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi chempionatdagi kurashni yanada qiziqarli qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Murabbiy «Oser» bahsda muammolar tug‘dirishi mumkinligini ham yashirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jamoa «Marsel», «Lill», «Lans» va «Strasbur»ga qarshi o‘yinlarda raqiblarni ancha qiynagan. Turnir jadvalidagi vaziyati og‘ir bo‘lsa-da, «Oser» PSJni yutish uchun bor kuchini ishga soladi.
Enrike PSJning mag‘lubiyatsiz emasligini eslatib, har bir o‘yinda hushyorlik va maksimal mehnat zarurligini urg‘uladi. U parijliklar maydonda bo‘sh hududlar juda kam bo‘lishini ham kutayotganini aytdi.
Ayni paytda «PSJ» 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Oser» esa 12 ochko bilan 17-pog‘onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!